MEN HAQIMDA
“Grafikasiz qoshlar” — bu tabiiy qoshlar bilan to‘g‘ri ishlash va ularni tartibga keltirish san’ati.
Men — Guzal Shukurova, O‘zbekistonda tabiiy qoshlarni tartiblash va tiklash bo‘yicha ilk mutaxassislardan biriman.
2019-yilda o‘z faoliyatimni boshlaganman. Tabiiy arxitektura bo‘yicha boshlang‘ich baza kursini onlayn tarzda o‘qiganman.
O‘zimning qoshlarim ham permandan keyin zaiflashib qolgan edi va men permand izlarini butunlay yo‘qotib, katta tajriba orttirganman.
Tabiiy qoshga to‘g‘ri ekilgan qoshlarni (transplantatsiya) tiklash orqali, qayta ekishga ehtiyoj yo‘qligini amalda isbotlaganman. Shuningdek, laminatsiya, oqartirish va to‘g‘ri korreksiya jarayonlaridan keyin qoshlarni tiklab, shaklini to‘g‘rilash mumkinligini ko‘rsatganman. Agar qoshlar bilan to‘g‘ri ishlansa va tartibga solinsa, hech qanday qo‘shimcha kimyoviy vositalar yoki ortiqcha muolajalar shart emas.
Men har qanday turdagi qosh va kipriklarni tabiiy usulda o‘stirish va tiklash bo‘yicha tajribaga egaman.
Natija beradigan, sinovdan o‘tgan sarum va zardoblardan foydalangan holda qosh, kiprik va lablar bilan tabiiy hamda noyob uslubda ishlayman.
✨ Mualliflik usulim orqali permand, laminatsiya va transplantatsiyadan keyingi holatlar bilan ishlab, ijobiy va qoniqarli natijalarga erishganman.
Shuningdek, onlayn o‘qitish orqali bu bilimlarni boshqalarga ham o‘rgataman.
KURSLAR BILAN TANISHISH UCHUN BOSING