Mualliflik kursi — «Oʻz qoshlaringizni mening uslubimda tartiblashni oʻrganing»
Qoshlaringizni notoʻgʻri terib yuborganmisiz? Tabiiy shakli yoʻqolganmi? Yoʻnalishlari har xil tomonga oʻsadimi? Laminatsiya va oqartirishdan charchadingizmi? Qora va qalin qoshlaringizni yanada chiroyli, tabiiy va tartibli qilishni xohlaysizmi?
Unda bu kurs aynan siz uchun.
Ushbu kursda siz mening mualliflik metodikam boʻyicha oʻz qoshlaringizni toʻgʻri oʻstirish, toʻgʻri korreksiya qilish va har bir tolani tabiiy holda tartiblashni oʻrganasiz.
Natijada qoshlaringiz:
  • tabiiy shaklga qaytadi;
  • itoatli boʻladi;
  • har bir tola toʻgʻri yoʻnalishda oʻsadi;
  • grafikasiz ham chiroyli koʻrinadi.
Kurs tarkibiga 10 ml qosh va kiprik oʻstirish zardobi ham kiradi.
Barcha darslar video shaklida bosqichma-bosqich tushuntiriladi.
Har bir video darsdan keyin savollaringizni shaxsan menga yozasiz va javob olasiz.
Har bir ishtirokchi bilan alohida shaxsiy chatda ishlayman va natijagacha kuzatib boraman.
Bu kursdan keyin oʻz qoshlaringizni mustaqil ravishda parvarish qilishni va tartiblashni oʻrganasiz. Endi sizga doimiy ravishda brovist xizmatiga murojaat qilish ehtiyoji qolmaydi.

Kurs dasturi

Kurs narxi - 3,600 000 so'm
  • 6 ta video dars

  • 10 ml qosh va kiprik o'stirish zardobi

  • Shaxsiy kuzatuv natijagacha

  • Savol-javob

Kursga yozilish uchun bosing
Toʻkilgan va siyrak qosh hamda kipriklarni tiklash
Bu kurs kimlar uchun?
✔️ Laminatsiyadan keyin qoshlaringiz toʻkilgan.
✔️ Oqartirishdan keyin tolalar zaiflashgan.
✔️ Lazer epilyatsiya yoki kimyoterapiyadan keyin qosh va kipriklaringiz siyraklashgan.
✔️ Qosh va kipriklarni yana qalin va zich qilishni xohlaysiz.
Kursda nimalarni oʻrganasiz?
Maxsus qosh va kiprik oʻstirish zardobidan toʻgʻri foydalanishni oʻrganasiz.
Natijada:
  • qosh va kipriklar oʻsishi qoʻllab-quvvatlanadi;
  • tolalar qalinlashadi;
  • zichligi ortadi.
Darslar video shaklida bosqichma-bosqich tushuntiriladi.
Har bir ishtirokchi bilan shaxsan ishlayman va natijagacha kuzatib boraman.

Kurs haqida

Kurs narxi - 1,500 000 so'm
  • 3 ta video dars

  • Qosh va kiprik o'stirish zardobi

  • Shaxsiy kuzatuv natijagacha

  • Savol-javob

Kursga yozilish uchun bosing
Made on
Tilda